O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda-Mehnat vazirligi deb yuritiladi) Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari (keyingi o‘rinlarda-Respublika kurslari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat xuquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3913-son Qarori bilan tashkil etilgan.
Respublika kurslarining maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Mehnat vazirligi tizimidagi mehnat organlari, vazirlik va xokimliklarni rahbar va mutaxassislarini mehnat iqtisodi, mehnat munosabatlari va mehnat huquqi masalalari bo‘yicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning xududlardagi bo‘limlari rahbar va xodimlarini, davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini, davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarini va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirishini va qayta tayyorlashni ta'minlash Respublika kurslarining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Mehnat organlari xodimlarining barchasi malaka oshirish bilan to‘liq qamrab olinishi
Mehnat organlari xodimlari butun ish faoliyati davrida muntazam ravishda o‘z malakasini oshirishi
Malaka oshirishda ilg‘or xorijiy tajriba asosida xodimlar ish faoliyatida zarur bo‘lgan bilim berilishi
Kasbiy bilimini oshirayotgan xodimlar rag‘batlanishi, oshirmayotgan xodimlarga intizomiy choralar ko‘rish