РУС UZB ENG
  Konferensiya |   info@rmmk.uz |   +998 (71) 258-26-57

Ilmiy-amaliy elektron jurnal

 Главная страница / Faoliyat yo`nalishi / Ilmiy-amaliy elektron jurnal

AHOLI BANDLIGI SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING AMALGA OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI

⇒ Faylni ko'rish

 Tezkor globallashuv sharoitida jahon mehnat bozori resusrlarining o‘zgarib borishi xalqaro raqobat muhitini yanada kuchaytirib bormoqda. Bu borada aholini bandligi taminlash ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va mehnat huquqlarini ta’minlash nafaqat jahon hamjamiyatida balki O‘zbekistonda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, zamon talablaridan kelib chiqib milliy iqtisodiyotning transorfmatsiyasi bo‘lgan yoshlarni kasb hunarga yo‘naltirish yangi inovvatsion bilimlarni berish davrni o‘zi taqazo etmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida mamlakatni barqaror va tez suratlari bilan rivojlantirish maqsadida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqiyot strategiyasi qabul qilindi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ushbu strategiyaning asosiy maqsadi aholining turmush darajasini va farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tabiri bilan aytganda “Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat”.

Mehnat bozorida munosib mehnatni shakllantirish ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirish suratlarini barqaror oshirishning bosh omili bo‘libgina qolmasdan aholining turmush faravonligini oshirish ularni mehnat bozorida o‘z mehnat faoliyatlarini amalga oshirishni ta’minlash va ehtiyojlarini qondirish funksiyasini ham bajaradi.

Xususan mehnat sohasida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2023 yilda 30 aprel sanasida yangi tahrirdagi “Mehnat kodeksi”, 2023 yil 11 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi, 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-300-son qarori hamda boshqa bandlikni ta’minlash, xodimlarning huquqini himoya qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga doir me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga ularni amaliyotga tadbiq  etishda nazariy asoslardan biri sifatida yordam beradi, degan umiddamiz.