РУС UZB ENG
  Konferensiya |   info@rmmk.uz |   +998 (71) 258-26-57

Bo'sh ish o'rinlari

Bo'sh ish o'rinlari

 KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI XODIMLARINI MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI MALAKALI KADRLARNI ISHGA QABUL QILISH BOʻYICHA TANLOV EʼLON QILADI!

 

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 26-iyundagi “Ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi naʼmunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 52-2023/V-son buyrugʻiga muvofiq Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazida boʻsh (vakant) lavozimlarni malakali va munosib nomzodlar bilan toʻldirish maqsadida  ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi.

‼️ Eʼtibor bering!

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida bitta boʻsh ish oʻrni uchun ariza bilan murojaat etish imkoniga ega.

Tanlovda ishtirok etish boʻyicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 01-martdan 2024-yil  01-aprelgacha davom etadi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazida mavjud boʻlgan boshqaruv tizimidagi vakant lavozimlar va ularga qoʻyilgan minimal talablar:

Vakant lavozim

Nomzodga qoʻyilgan talablar

Oylik maoshi

“Oʻquv uslubiy boʻlim” boshligʻi

-  oliy maʼlumotli, tajribali va oʻquv-metodik hujjatlar bilan ishlaydigan (sohada ishlagan boʻlishi shart);

- oʻquv-metodik jarayonida tajribaga ega, sohada kamida uch yillik ish stajiga ega;

- oʻzbek va rus tilida mukammal ish yurita oladigan, qoʻshimcha tarzda xorijiy tillarni bilishlik qoʻllab-quvvatlanadi;

- sohaga oid qonun hujjatlarini mukammal bilish, normativ xuquqiy xujjatlar loyixalarini tayyorlash;

- kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi;

- maqsadga intiluvchan, bilim darajasini va saviyasini muntazam ravishda takomillashtirib borish.

Shtat jadvali asosida, (ustamalar bor)

“Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish” kafedrasi mudiri

-  Mehnat muhofazasi sohasi boʻyicha ilmiy daraja, ilmiy unvonining mavjudligi (PhD, DSc);

- oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot tashkilotlarida mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega va kafedra mudiri lavozimida ilgari ishlagan boʻlishi;

- kafedrada meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlay olishi, boshqarish qobiliyatiga ega boʻlishi;

- malaka oshirish kurslarining oʻquv reja va fan dasturlarini tayyorlay olishi;

- oʻzbek va rus tilida mukammal ish yurita olishi (qoʻshimcha xorijiy til bilsa, yanada yaxshi);

- sohaga oid qonun hujjatlarini mukammal bilishi, normativ-huquqiy xujjatlar loyihalarini tayyorlashi;

- kompyuterning amaliy dasturlarida erkin ishlay olishi;

- maqsadga intiluvchan, sohani chuqur bilishi, ilmiy darajasi, masʼuliyati, axloqiy madaniyati oʻrnak olishga loyiq boʻlishi.

Shtat jadvali asosida, (ustamalar bor)

 Ariza namunasi:

 Faylni yuklab olish 

Beriladigan tanlov savollari:

 Faylni yuklab olish 

Murojaat muddati va manzil:

Nomzodlar namunadagi ariza, maʼlumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxasini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazini “vacancy@rmmk.uz” elektron pochtasiga yuborishi lozim.

Ma'lumotnoma-obyektivka na'munasi:

 Faylni yuklab olish 

(maʼlumot uchun telefon: (91) 005-22-24, @asiimasharipova telegram nomer).

Tanlov oʻtkazish tartibi va savollar roʻyxati bilan https://www.rmmk.uz/uz/post/about-organization/vacancy havola orqali tanishishingiz mumkin.

Tanlov oʻtkazish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorati tizimini boshqarish boʻlimi (71) 258-26-57 telefon raqamiga yoki @rmmkuzbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Tanlov oʻtkaziladigan joy:

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazi (Toshkent shahri, Lutfikor koʻchasi, 33-uy).