UZB РУС ENG
  Konferensiya |   info@rmmk.uz |   +998 (71) 258-26-57

Asosiy sahifa

  / Markaz haqida / Respublika kurslarining maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Hodimlar
Kurslar
Hamkorlar
Tinglovchilar
Boshqalar
Respublika kurslarining maqsadi va vazifalari

Respublika kurslarining maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

Mehnat vazirligi tizimidagi mehnat organlari, vazirlik va xokimliklarni rahbar va mutaxassislarini mehnat iqtisodi, mehnat munosabatlari va mehnat huquqi masalalari bo‘yicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning xududlardagi bo‘limlari rahbar va xodimlarini, davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini, davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarini va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirishini va qayta tayyorlashni ta'minlash Respublika kurslarining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar Respublika kurslarining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

Davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda mehnat organlari rahbar va xodimlarini malakasini oshiradi;

Hududiy bandlik boshqarmalari va Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlariga ishga qabul qilingan yangi xodimlar Respublika kurslari negizida bir haftalik davomiyligi 36 soatdan kam bo‘lmagan kurslardan, Davlat mehnat inspeksiyasiga ishga qabul qilingan yangi xodimlar ikki haftalik davomiyligi 72 soatdan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslari kunduzgi o‘qish shaklida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.

Mehnat vazirligi  tizimidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning xududlardagi bo‘limlari rahbar va xodimlarini;

Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini malakasini oshiradi;

Davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarini shartnoma asosida pullik malaka oshirish va qayta tayerlash kurslarini tashkil qiladi;

Davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni shartnoma asosida pullik malaka oshirish va qayta tayerlash kurslarini tashkil qilishni ta'minlovchi davlat muassasasi hisoblanadi.

Xorijiy tillarga o‘qitish va axborot resurs markazini tashkil qiladi;

Mehnat organlari xodimlarini malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

O‘quv jarayonini tashkil qilish

Respublika kurslari ta'lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotining zamonaviy talablari, jamiyat hayotini yanada taraqqiy ettirish va yangilash, shuningdek jahon fani va madaniyati yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, mehnat organi xodimlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga javob beradigan namunaviy o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari asosida amalga oshiradi.

Respublika kurslarining o‘quv rejalari mehnat organlari rahbar va xodimlarini, Mehnat vazirligi tizimidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va hududiy bo‘limlari raxbar va xodimlarini malakasini oshirish, davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarning hamda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirishga va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablari va namunaviy o‘quv dasturlariga asosan ishlab chiqiladi:

O‘quv jarayonida o‘qitishning zamonaviy shakllari va uslublaridan, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetining Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi bilan innovatsion korparativ hamkorlik doirasida Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshiradi;

O‘quv kurslari interfaol usullar va o‘qitish shakllari, jumladan “keys stadi”, “aqllilar hujumi”, “guruhda ishlash”, “davra suhbati”, “o‘yin-modellashtirish”, bilim va ko‘nikmalarining boshqa zamonaviy shakllari orqali o‘tkaziladi.

Respublika kurslarida tinglovchilarni malakasini oshirish davomiyligi 60 soatdan kam bo‘lmagan o‘quv dasturlari asosida yo‘nalishlar kesimida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanib, kunduzgi o‘qish shaklida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.

Respublika kurslari o‘qishga yuboriladigan xodimlar kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda o‘qitiladi, ularning o‘qish vaqti va muddati Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
O‘qishga yuborilgan xodimlarning Respublika kurslariga yetib kelishi taqsimot-rejalarga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan ta'minlanadi.

Respublika kurslarida tinglovchilarni o‘qitish:

Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan amalga oshiradi.

Mehnat organlari xodimlari xar uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi;

Mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha davomiyligi 18, 36 va 72 soat malaka oshirish va davomiyligi 288 soat qayta tayyorlash o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanib, tijorat shartnomasi asosida o‘tkazilib Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 27 apreldagi 246-son Karorining 3-ilovasida ko‘rsatilgan sertifikat va diplom namunasi shaklida tinglovchilarga berilishi kuzda tutilgan.

Davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv dasturi Mehnat vazirligi  tomonidan tasdiqlanib, kurslarini shartnoma-to‘lov asosida tinglovchilarni o‘qitish muddati buyurtmachi tashkilot bilan Respublika kurslari o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi.

Malaka oshirish bo‘yicha ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirgan hamda Respublika kurslari talablarini to‘liq bajargan tinglovchilarga Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunadagi sertifikat beriladi;

Malaka oshirish o‘quv kurslarini moliyalashtirish yo‘nalishlari va hajmlari, shuningdek malaka oshirishga jalb qilingan mehnat organlari xodimlari soni Mehnat vazirligi  tomonidan belgilanadi, bunda bir o‘quv guruhidagi tinglovchilar soni 20 kishidan kam bo‘lmagan va 30 kishidan oshmagan holda darsga kelmagan va uzoq vaqt sababsiz (25 foizdan ortiq miqdoridagi soat) mashg‘ulotlarga qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarni buzgan takdirda, ularni tinglovchilar safidan chiqaradi va bu hakda Mehnat vazirligi va ularning ish joyiga ma'lumot yuboradi hamda malakasini baholash sinovidan o‘ta olmagan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish to‘g‘risida hududiy organlarga takliflar yuborilishini ta'minlaydi.

O‘qish muddati mobaynida tinglovchilarning asosiy ish joylaridagi o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Respublikaning boshqa hududlaridan Respublika kurslariga o‘qishga kelgan tinglovchilarga xizmat safari harajatlari o‘qishga yo‘llagan tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.

Respublika kurslari malaka oshirish bo‘yicha mehnat organlari rahbar va xodimlarini, Mehnat vazirligi  tizimidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy bo‘limlari rahbar va xodimlarini va davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini malakasini oshirish harajatlari har bir tinglovchi uchun Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi va har yili Mehnat vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan pul o‘tkazish yo‘li bilan qoplanadi.

Davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi rahbar va mutaxassislarni, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona va tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha va boshqa soha mutaxassislarining mehnat munosabatlari va mehnat muxofazasi masalalarida bilimlarini oshirish bo‘yicha shartnoma asosida pullik xizmatlar tashkil etish.

Respublika kurslarida yaratiladigan ta'lim portalining asosiy funksiyalari

Masofaviy va kunduzgi o‘quv jarayonlarini olib borish

 

O‘quv kurslarini yaratish

 

O‘quv mashg‘ulotlar jadvalini shakllantirish

 

Tinglovchilar elektron bazasini yuritish

 

Tinglovchilarni elektron portfoliosini shakllantirish

 

Tinglovchilarning elektron baholash jadvalini yuritish

 

To‘plagan baholarini tahlil qilish
 

 

Tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari o‘sish dinamikasini shakllantirish

 

Zamonaviy o‘quv texnologiyalardan foydalanish